Maxfiylik siyosati
Tahrir sanasi: 2026-yil noyabr
Ushbu siyosat ExpertSAT800 platformasi (sayt va @ExpertSAT800bot) foydalanuvchilar haqidagi qanday ma'lumotlarni yig'ishi, nima uchun ishlatishi va qanday himoya qilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Telegram ma'lumotlari: Telegram ID, ism va username (Telegram orqali kirganingizda). Telefon raqamingiz va parolingiz bizga berilmaydi.
- O'quv natijalari: qaysi savolga to'g'ri yoki xato javob berganingiz, diagnostika va mock test natijalari, faol kunlar.
- To'lov ma'lumotlari: buyurtma raqami, paket, summa va to'lov holati. Karta ma'lumotlari faqat Payme yoki Click tomonida kiritiladi, bizga kelmaydi.
- Texnik ma'lumotlar: kirish sessiyasi uchun cookie va qurilmangizdagi mahalliy xotira (natijalar oflayn saqlanishi uchun).
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- natijalaringizni saqlash va qurilmalar orasida sinxronlash;
- shaxsiy kunlik reja, statistika va hisobotlarni tuzish;
- Pro obunani faollashtirish va boshqarish;
- bot orqali eslatma va haftalik hisobot yuborish (botda /eslatma buyrug'i bilan o'chiriladi);
- platformani yaxshilash (umumiy, anonim statistika).
3. Ma'lumotlar kimga beriladi
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Ular faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan provayderlarda qayta ishlanadi: Telegram (kirish va bot), Supabase (ma'lumotlar bazasi), Vercel (hosting), Payme va Click (to'lovlar). Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
4. Ota-ona hisoboti
«Natijalar» sahifasida yaratiladigan hisobot havolasi faqat siz uni ulashgan odamlarga ko'rinadi. Unda ismingiz va o'quv natijalaringiz bor. Havolani faqat ishonchli odamlarga yuboring.
5. Saqlash muddati va o'chirish
Ma'lumotlar akkauntingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi. Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki butunlay o'chirishni so'rash uchun Telegram'da @amallasaboladi ga yozing — so'rov 10 ish kuni ichida bajariladi. To'lov yozuvlari qonunda talab qilingan muddat davomida saqlanishi mumkin.
6. Voyaga yetmaganlar
Platformadan 18 yoshga to'lmaganlar ham foydalanadi. Ular uchun ma'lumotlar faqat yuqoridagi maqsadlarda ishlatiladi; pullik xizmatlar ota-ona roziligi bilan olinadi.
7. Aloqa
Savollar bo'yicha: Telegram @amallasaboladi.